totli
bilan ulashing
1. Taʼmi, mazasi yaxshi; mazali, lazzatli, shirin.
-
Totli ovqat. Moling zotli boʻlsa, yemishing totli boʻlar. Maqol
-
Shavla juda totli tuyuldi — oshpazni maqtadilar. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Suyak solingan suyuq ovqatlar qancha uzoq va miltiratib qaynatilsa, taʼmi shuncha totli boʻladi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
2. koʻchma Lazzat bagʻishlovchi, shirin, nashʼali.
-
Totli xayollar. Totli onlar.
-
Begimxonning koʻz oldida xarita emas, Erali jonlandi. Qanday totli edi ularning turmushi. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Dili potirlab, miyasida biri biridan totli oʻylar charx uradi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
TOTLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
TOTLI so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan TOTLI so‘ziga berilgan ma’nolar
totli so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
totli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar