tovla
bilan ulashing
1. s. t. ayn. Toblamoq I 1.
-
Qoʻlini oʻtga tovlamoq.
-
Qishloq xalqining koʻpchiligi dalada edi. Guzarda oʻn besh-yigirma chogʻli — oʻzini oftobga tovlab yotgan ishyoqmaslargina bor edi. H. Shams, Dushman
-
Elmurod titrab-qaqshab, ularning oldiga bordi-da, muzlagan qoʻllarini oʻtga tovladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
2. aynan Toblamoq I 2.
-
Kulalaning qoʻlidan faqat charxlash, tesha tovlash keladi. A. Qahhor, Oʻtmishdan ertaklar
tovla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mehrini tovlamoq
-
Vasilaxonning qop-qora charos koʻzlari, kamon qoshlari Xadicha xolaning mehrini tovlab yubordi. T. Alimov, Sovgʻa
-
Har kuni bir yoqimtoy qiliq chiqarib, mehringni tovlaydi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
Bosh tovlamoq
-
Uzoqlamay Normuhammad qushbegi Qoʻqondan bosh tovlab, oʻz oldiga mustaqil hukumat eʼlon qilgan boʻldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bordi-yu, darhaqiqat, sen oʻylamagan ekansan, ozgina choy-chaqani ayamasang, Azroil ham spravka berishdan bosh tovlamaydi S. Abdulla, Soyalar
Boʻyin tovlamoq
-
tashkiliy ishlarning Mirzaga topshirilishi unga juda yoqib tushgan, ularning birontasidan ham boʻyin tovlamagan edi. O. Yoqubov, Mirzaterak
Eshmoq, oʻramoq; buramoq, toʻgʻrilamoq.
-
Otalarimizning koʻpchiligi mayda kosiblar meshkob, arqon tovlaydigan boʻlganliklari uchun ularning yoniga tushish bizga toʻgʻri kelmas edi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
-
Oldimdan bir qizcha chiqdi Zulfini tovlab. Boychechak
-
Ochillov shashtidan qaytganday moʻylovini tovlab, miyigʻida kuldi. A. Mirahmedov, Oʻt yuraklar
Aldab, laqillatib, qoʻrqitib, biror narsasini yoki pulini olmoq, yulmoq, anoyi qilmoq, firib bermoq.
-
Laqmalarni tovlamoq.
-
Sen mehnat qilmas ekansan, demak, boshqalar hisobiga yashayapsan, jamiyatni tovlayapsan. Gazetadan
TOVLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОВЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tovla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar