tovon
bilan ulashing
1. I 1 Oyoq kaftining orqa qismi.
-
Yumshoq tuproqqa qadam qoʻyganingda, tovoning huzur qiladi.
-
Kalishda terlab, tovonlari qorayib ketgan oyoqlarini suvga tiqib shaloplatdi, joni rohatlandi. Yoshlik
2. Oyoq kiyimining shu joyga toʻgʻri keladigan qismi.
-
Tovoni teshik mahsi. Tovoni qora paypoq.
-
Avazning ham tovoni teshilayozdi, kovushining butuni qolmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
1. Keltirilgan zararni qoplash uchun toʻlanadigan yoki olinadigan haq.
-
Tovon olmoq. Tovon toʻlamoq.
-
Kelgan balo-yu qazo oʻshanga ursin. Tovon toʻlab, nafsoniyatimni-yam yerga urmang. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
2. Joʻnalish kelishigidagi soʻz bilan qoʻllanib, biror narsa, ish-harakatning shu kelishikdagi soʻz bildirgan shaxs zimmasida ekanligini bildiradi.
-
Roʻzgʻorning ikir-chikir ishlari qizi Zuhraga tovon. A. Muhiddin, Aybsiz aybdor
tovon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Tirik (yoki quruq) tovon
-
Men kolxozingga tirik tovon boʻlishni istamayman. O. Yoqubov, Diyonat
-
Qiynab qoʻyaman, deb oʻylamagan edim. Men sizga tirik tovon boʻldim. B. Rahmonov, Oltin odamlar
-
Nima ish kelarkan uning qoʻlidan. Quruq tovon-ku! S. Zunnunova, Gulxan
Tovon toʻlash
Tovoniga qolmoq
-
Velosipedga ehtiyot boʻl, buzib qoʻysang, tovoniga qolasan.
-
bas qilaylik, biror kor-hol boʻlib, tagʻin tovoniga ham qolib oʻtirmaylik. S. Karomatov, Soʻnggi barxan
-
Ishqilib, yangamning yuragi yaxshimi? Yana tovonlariga qolib oʻtirmaylik. Shuhrat, Jannat qidirganlar
TOVON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОВОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tovon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar