tovuq
bilan ulashing
1. Tovuqsimonlar turkumiga mansub, goʻshti, pati va tuxumi uchun boqiladigan urgʻochi uy parrandasi.
-
Sertuxum tovuq. Kurk tovuq. Tovuq katagi. Tovuqning tushiga don kiradi. Maqol
-
tong ot-may, tovuqlar qoʻndoqlaridan tushmay, yana ishga tushar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Donlab yurib, tentirab ketib qolgan tovuqlar bir mahal joy qidirib, uygacha kirib keldi. K. Yashin, Hamza
2. Shu parrandaning goʻshti (ovqat, masalliq sifatida).
-
Tovuqni yesang, bir yeysan, tuxumini yesang, ming yeysan. Maqol
-
Xolisa gaz oʻchoqqa tovuqlarni dimlab qoʻygan. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
3. Shu parrandaga nisbatli haqoratni bildiradi.
-
Bundan koʻra goʻng titganing yaxshi emasmi, keksa tovuq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Soʻk meni, kurk tovuq degin! A. Qahhor, Asror bobo
4. Baʼzi qushlarning modasi, makiyon.
-
Qirgʻovulning tovugʻi.
5. sheva Tunda xoʻroz qichqirishi bilan belgilanadigan vaqt.
-
Bir tovuq oʻtganda yotdik.
6. Muchal yil hisobida oʻninchi yil nomi.
-
Uning yili tovuq.
tovuq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak
Dumi yulingan tovuqdek
Oyogʻi kuygan tovuqday
Ola tovuq somon sochar, oʻz aybini oʻzi ochar
Tovuq yili
TOVUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОВУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tovuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar