toy
bilan ulashing
1. I Silliq yuzada monesiz surilib, sirgʻanib ketmoq; toygʻanmoq.
-
Nazira shoshib yoniga qaramoqchi boʻlgandi, suvga engashib qolgan quvur ustidan pastga qarab oyogʻi toyib ketdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Koʻcha va tomlar qordan oqara boshlagan. U sirpanib, toyib, xizmatkorxonaga joʻnadi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Chetga chiqmoq, adashmoq, ozmoq.
-
Shariat yoʻlidan toygan qizning soʻziga ishonasanmi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oyogʻim sal toydimi, bas, burnimni yerga ishqaydilar. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
3. (faqat boʻlishsiz shaklda) Qaytmoq, tap tortmoq.
-
U hech narsadan toymaydi. Yalangʻoch suvdan toymas. Maqol
-
Borib turgan shum, toshyurak bola edi, mushtdek boshidan jonivorlarni qiynab oʻldirishga oʻrgangan odam oʻldirishdan ham toymaydi. M. Osim, Tilsiz guvoh
-
Aytganini qilish uchun hech narsadan toymaydi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
toy soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jaddiga toymoq
-
Qilgʻiliqni Sidiqjon qildi-yu, jaddiga biz toyib ketdik-da. N. Safarov, Uygʻonish
Holdan toymoq
-
Yoʻlovchilar Ustyurt sahrosida oʻn besh kun yoʻl yurib, toza charchadilar, tuyalar ham holdan toydi. M. Osim, Elchilar
-
Meni navkarlar holdan toygunimcha urdilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
TOY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
toy so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar