tovush
bilan ulashing
1. Gapirish, kuylash, qichqirish, yigʻlash va shu kabilar vaqtida yuzaga keladigan va eshitish aʼzolari qabul qilib oladigan hodisa; ovoz, sado, sas.
-
Mungli tovush. Yigʻi tovushi. Shamolli kun qichqir-ma, tovushing zoye ketadi. Maqol
-
Qoraygan tom boʻgʻotlarida qoʻnoqlayotgan chumchuqlar quloqni teshguday tovush bilan chirqillashadi. Machit tomondan soʻniq azon tovushi eshitiladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Otabek tovush egasini tanidi. Bu majnuna Zaynab edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bemor Bakirov, ukol! degan tovushdan uygʻonib ketdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Qani, ho, yigitlar! Ishga! Ishga, azamatlar! degan tovush eshitildi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
— Olimxon aka, — dedi yalingan tovush bilan Tanti, — Salim oʻz dadasi bilan hazillashmoqchi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Maʼlum sifatlarga ega boʻlgan ovoz.
-
Baland tovush. Musiqiy tovush.
-
Odamlar jonlandi. Baʼzilari chindan, baʼzilari esa hazil-mutoyiba bilan Oxunning tovushini maqtashdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Mexanik tebranishlar natijasida yuzaga keladigan va quloq eshitadigan har qanday ovoz, sado.
-
Oyoq tovushi. Tasir-tusur oʻq tovushi. Gudok tovushi. Karnay-surnay tovushi.
4. Shovqin; shovqin-suron.
-
[Mulladoʻst:] Eshityapsizmi? [Qozi:] Ha, juda hayronman, nima tovushlar? Boshim qotdi, aqlim yoʻq! Hamza, Maysaraning ishi
-
[Mamat Xolisxonga:]
-
Tovush qilma, oʻlasan! Mana shu chu-qur sening uchun qazildi. Hamza, Paranji sirlari
5. fizika Havo yoki boshqa bir muhit zarralarining toʻlqinsimon tebranma harakatlari.
-
Quloq eshitmaydigan tovushlar. Tovush tezligi. Tovush nazariyasi.
6. tilshunoslik Nutq aʼzolari artikulyatsiyasi bilan hosil boʻladigan eng kichik til birligi.
7. musiqa Musiqaning ifoda kuchiga ega eng kichik tarkibiy qismi.
8. koʻchma Kam qoʻll. Saylovlarda yoki biror masalani hal etishda oʻz fikrini bildirish huquqi va usuli; ovoz.
-
Mulla Obid bir tovushdan, ammo Usmon polvon ikki qarshi bilan kolxoz idorasiga saylanib oʻtadilar. A. Qodiriy, Obid ketmon
tovush soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bor tovush(i) bilan yoki tovushi boricha, tovushini baralla qoʻyib
-
Bor tovushi bilan qichqirmoq.
-
Mutal tovushini baralla qoʻyib soʻzlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Tovush bermoq
-
Men boshda indamay biqinib turdim, keyin tovush berdim. Oydin, Doʻndiqdan ham yosh ekan
Tovush chiqarmoq
-
Xatni tovush chiqarib oʻqimoq.
-
Chol oʻtirgan yerida tovush chiqardi: — Oʻrtoq Nurmatovning oʻzlari aytsinlar! A. Qahhor, Munofiq
-
Said Jalolxon tovush chiqarmay, uning yoniga borib oʻtirdi. A. Qahhor, Bashorat
Tovushing oʻchgur
-
Xotin yigʻlaguday boʻlib, tash-qariga chiqdi, yana kirdi, yana chiqdi Qani endi, bu tovushing oʻchgur bola yupansa\ A. Qahhor, Xi-xi
Tovushingni oʻchir
-
— Jim! — mushtini koʻtardi Yormat. — Tovushingni oʻchir, xudo hammaga aql ulashgan-da, sen qay goʻrda eding! Oybek, Tanlangan asarlar
TOVUSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОВУШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tovush so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar