tovoq
bilan ulashing
1. Yuzi yoyiq, bir oz yalpoq, kosa shaklidagi chuqurroq idish (turli oʻlchamda sopol, chinni, metall, baʼzan marmardan tayyorlanadi).
-
Sopol tovoq. Chinni tovoq. Tunuka tovoq.
-
Komil tovoqlarda qaymoq, likoplarda uzum koʻtarib kirdi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Buvi, yuzini suzib turgan sutli tovoqni yerga qoʻyib, nima deyapsan? deganday Murodga qaradilar. A. Mirahmedov, Kulgan chechaklar
2. sheva Lagan.
-
[Vahob] Bir tovoq xushboʻy palovni keltirib, oldimizga qoʻydi. M. Muhamedov, Qahramon izidan
3. so‘zlashuv tili Plastinka (patefon, radiola plastinkasi).
-
Ertalab hosilotning xotini patefon tovogʻini soʻrab chiqibdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
tovoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Norin tovoq
-
Otabek shoshib tokchadan xitoyi norin tovoqni oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
TOVOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОВОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
TOVOQ so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan TOVOQ so‘ziga berilgan ma’nolar
tovoq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
tovoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing