dimiq
bilan ulashing
1. Havoning juda issiqligi yo oʻta namligi, yoki boshqa holat tufayli qiynalib nafas olmoq, nafasi qaytmoq; boʻgʻilmoq.
-
Hovlini qoʻrgʻonsifat qurib, tor joyda dimiqib yashashni jini sevmaydi. Yoshlik
-
Toʻgʻonbek dimiqqandek ogʻir nafas olib, darichaning ikki tabakasini ham keskin itarib yubordi. Oybek, Navoiy
-
Bir mahal Poshsha kampir dimiqib, sekin boshini koʻrpadan chiqardi. N. Qilichev, Chigʻiriq
-
— Albatta ochish kerak, —dedi onasi oʻrniga javob qilib Abdusattor, — qurt dimiqib qolibdi. N. Safarov, Tanlangan asarlar
2. Nafas qaytaradigan darajada buzilmoq, ogʻirlashmoq (xona berkligi tufayli yoki undagi baʼzi narsalar taʼsiridan yuzaga kelgan havo haqida).
-
Kun boʻii issiq qamalib, dimiqib qolgan xonani shamollatish uchun derazalarni ochib yubordi. J. Abdullaxonov, Xonadon
-
Kiyimlarini almashtirib, oʻrniga choʻzildi. Uy dimiqib ketgandek, nafas olish ogʻirlashib borardi. Yoshlik
3. Oʻralgan holatda yoki uzoqroq turib boʻrsib qolmoq, aynimoq, buzilmoq.
-
Ovqat dimiqib qolibdi. Goʻsht dimiqibdi.
-
Yoz boʻyi gʻoʻzalarni toʻydirgan serunum tuproq kulrang oʻgʻit bilan aralashib, pastga tushar, ostki qatlamning dimiqib yotgan qora tuprogʻi yuzaga chiqib tovlanardi. I. Shamsharov, Paxtaqaynar
-
Qirgʻoqlarini poʻpanak qoplab, suvi dimiqib yotgan hovuz H. Gʻulom, Mashʼal
4. koʻchma Boʻgʻilmoq (ovoz haqida).
-
Boshini koʻrpaga burkab olgan Elmurod dimiqqan ovoz bilan soʻradi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qoʻrboshi achchiq tutun ustiga engashib tura berib, dimogʻi tars yorilib ketayozdi va dimiqqan ovoz bilan qichqirdi. A. Qahhor, Asarlar
5. koʻchma Bir joyda oʻtiraverib zerikmoq, ruhan ezilmoq.
-
Siz juda yaxshi, chiroyli, aqlli qizsiz! Bu dargohda dimiqib qolibsiz, xolos! Mushtum
-
Bu ayol uning dimiqqan hislari uchun, chuvalashib yotgan oʻylari uchun mana shunday kengliklarga darcha ochib ketganday edi. A. Muxtor, Asarlar
-
Qobil ularning sal zerikkan va dimiqqan davrasiga toza bir epkin boʻlib kirdi. M. M. Doʻst, Galatepaga qaytish.
DIMIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИМИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dimiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar