dimlama
bilan ulashing
1. sifatdosh Dimlab pishirilgan.
-
Dimlama somsa. Dimlama kotlet,
-
Ovqat vaqtida u oʻtirmadi, sirka-qalampirli yaxna kalla-pocha, dimlama joʻja, xullas, topgan-tutganini qoʻyib, jon-dilidan xizmat qildi. A. Muxtor, Asarlar
2. ot Goʻsht, yogʻga piyoz, koʻproq pomidor va sabzavotlar solib, shularning bugʻida (selida) dimlab pishirilgan taom.
-
Dimlama uchun albatta qoʻy goʻshti boʻlishi kerak. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
-
Keltirilgan tugunni stol ustiga qoʻyib ochgan edi, hamma xonani dimlama hidi tutib ketdi. M. M. Doʻst, Lolazor.
3. Xomroq holda uzib, qalin narsaga oʻrab, issiq tutib yetiltirilgan.
-
Dimlama pomidor. Dimlama nok.
-
Ayniqsa, fartukli kishilarning sersoqoli tarozi kelar-kelmas, dimlama pomidorni xaridorga uzatdi. Mushtum
DIMLAMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИМЛАМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DIMLAMA so‘ziga berilgan ma’nolar
dimlama so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
dimlama so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing