dim-dim
bilan ulashing
1. DIM-DIM I
2. Dimlab, asta-asta qaynatib tayyorlanadigan ovqat.
-
Tovuq dim-dim tayyorlash uchun semizroq broylerdan tanlab olinadi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
3. DIM-DIM II
4. Indamaslik, ovozini chiqarmaslik, jimlik, bosti-bosti.
-
Professor uzukni Sunbulxon ayaga berib, bu gapni dim-dim qilib yuborishni tayinladi. Mirmuhsin, Umid
-
Nazarimda, bir gap borga oʻxshaydi. Hammasi dim-dim, qidirishmayapti. S. Zunnunova, Gulxan
-
Dim-dim, oʻra koʻmdim, Gapirganning ogʻziga Bir shapaloq urdim. Boychechak
5. Bolalarning indamay, jim oʻtirishdan iborat bir xil oʻyini.
-
Oraga jimlik choʻkdi. Ayollar, goʻyo dim-dim oʻynayotgandek, churq etmay, qirga qarab yura boshladilar. N. Safarov, Tanlangan asarlar
-
Boltayevning tutgan yoʻliga kelganda, u dim-dim oʻyiniga oʻxshaydi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Har uchovi [Salom buvish, Nodira xola. Maryam baxshi] ham dim-dim oʻynaganday jimib qoldi. H. Shams, Dushman
DIM-DIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИМ-ДИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dim-dim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar