dim
bilan ulashing
1. Shamolsiz, shabadasiz va nafasni qaytaradigan darajada issiq.
-
Havo shu qadar issiq, dim ediki, ertalab oʻrilgan pichan kechgacha shaqirlab qurib qoldi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Jazirama issiqdan hammayoq dim boʻlib ketgan. N. Safarov, Olovli izlar
2. Havosi yetishmaydigan, havosi buzilgan; ogʻir, boʻgʻiq.
-
Oʻtov dim boʻlgani uchun Yusufjon ancha vaqtgacha uxlay olmaydi. T. Obidov, Yusufjon qiziq
-
Hammomdagiday gup etib, yuzimga dim havo urildi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Dim xonada qasqonga tushgandek aʼzoyi badanimdan ter quyiladi. Guldasta
3. Ichi havo bilan toʻlib qolgan, ichiga havo yigʻilgan.
-
Oshnam, toshdek ogʻir, puflangan meshdek dimsan. Bir kun paqqa yorilib, oʻligingga ega boʻlmasalar, shu. A. Qodiriy, Obid ketmon
1. ayn . jim.
-
Pismiq dim oʻtirar. Maqol
-
Mullaroʻzi Mulladoʻstga: Dim! Ogʻzingizni parishon qilmay, sabr qilib tursangiz, shu hafta ichida boʻladi-qoladi. Hamza, Maysaraning ishi
-
Shuncha shovqin bartaraf boʻlib, dim boʻldi. Usmon baxshi Mamat oʻgʻli, Boʻtakoʻz
2. Ovoz chiqarmay, gapirmay jim oʻtirish oʻyini.
-
Dim oʻynamoq.
-
[Ummatali] Ishga shoʻngʻib, hamma bilan dim oʻynaydi. Shuhrat, Jannat qidirganlar
1. sheva Sira, aslo.
-
Ichkari kir, yota bergin joyingga, Dim ularga qaray koʻrma, chirogʻim. Ravshan
-
Podshosin ushlab olinglar, Bejoy xoʻrliklar koʻrsatib, Dim indamasday qilinglar. Gulnorpari
2. sheva, aynan Juda, juda ham.
-
— Avaz ogʻa, sizga dim jabr boʻldi, — dedi [Sheroziy]. J. Sharipov, Xorazm
-
Azizim, Sizni dim sogʻindim tushlarimda koʻrib chiqaman. J. Sharipov, Xorazm
3. sheva Hech ham, hech bir, tamoman, umuman.
-
Molining dim soni yoʻq qirq yigit aslo sarishta qilolmaydi. E. Jumanbulbul oʻgʻli, Bulbul taronalari
-
— Men sendan juda qoʻrqardim, Oydonajon, senda or-nomus, uyat, sharm-hayo degan soʻz dim yoʻq ekan, — dedi Sedana. Xushkeldi
DIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar