dimla
bilan ulashing
1. Hovuri chiqmaydigan qilib oʻramoq, shu yoʻl bilan pishirmoq.
-
Somsani dimlab pishirmoq.
-
Tamanno sumkasidan dimlab pishirilgan tovuqni oldi. Mirmuhsin, Hikoya va qissalar
-
Nazira oʻlja kakliklarni dimlab, dasturxonga keltirdi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Boʻgʻmoq, toʻsmoq (suvni).
3. Xomroq uzilgan meva yoki sabzavotni oʻrab qoʻyib, issiqda yetiltirmoq.
-
Nokni dimlamoq.
4. Nafasni siqmoq, boʻgʻmoq (nihoyatda issiq yoki boʻgʻiq havo haqida).
-
Durust uxlay olmadingiz deyman? Havo xoʻp dimladi-da, mulla. Y. Shamsharov, Paxtaqaynar
5. koʻchma shv. Koʻndirmoqchi boʻlmoq; aldamoq, avramoq.
-
Yodgor seni oʻldirishga koʻp dimladi. Men qabul qilmadim. Hamza, Asarlar
dimla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sigirni dimlamoq
DIMLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИМЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dimla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar