din
bilan ulashing
Ilohiy kuchga, Xudoga ishonishga asoslangan dunyoqarash, tasavvur, urf-odat va marosimlar majmui.
-
Islom dini. Xristian dini. Budda dini. Dini boshqaning feʼli boshqa. Maqol
-
Islom dini kishilarni toʻgʻri yoʻlga boshlaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Janobi oliy uchun, din uchun, shariat uchun jonimiz-molimiz fido, — dedi beliga qilich osib, kiftiga beshotar miltiq koʻtargan bir yigit. S. Ayniy, Qullar
-
Imoniga, diniga mustahkam pokiza odam bor joyda ajina yuz chaqirim nariga qocharmish. S. Ahmad, Hukm
din soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dindan chiqmoq (yoki qaytmoq)
-
Dindan chiqsang, chiq, eldan chiqma. Maqol. Yaxshi gap bilan ilon indan chiqadi, yomon gap bilan musulmon dindan chiqadi. Maqol
-
Mayli, dindan qaytganni yana din yoʻliga solish — savob ish. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Xristian dinidan chiqib, Islomni qabul qilmoq.
DIN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
din so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar