dimog‘
bilan ulashing
1. anat. Burun boʻshligʻi bilan ogʻiz boʻshligʻining tutashadigan yeri; halqumning yuqori boʻlimi.
-
Gulroʻyning dimogʻiga gup etgancha nam tuproqning xush boʻyi urdi. Yoshlik
-
Oʻchoqda damlab qoʻyilgan palov hidi dimogʻiga urilib, ishtahasini qitiqladi. Yoshlik
2. koʻchma Ruhiy holat, kayfiyat.
-
Jaranglashib, dimogʻlari chogʻ boʻlib, Urganch elga hammasi toʻyga ketdi. Yusuf va Ahmad
-
Ahmadning ham dimogʻi chogʻlashdi. F. Musajonov, Himmat
3. koʻchma Oʻzini baland tutish, kibr-havo, kekkayish, takabburlik.
-
Takabbur, olifta xonimlar dimogʻ bilan kekkayib, indamay oʻtirardi. Oybek, Nur qidirib
-
Keyingi kunlarda Rashidda dimogʻ paydo boʻla boshladi. Sharq yulduzi
dimog‘ soʻzi qatnashgan jumlalar:
Dimogʻida gapirmoq
-
U dimogʻida gapirar edi. Uning ovozi pingʻillab eshitilgani uchun Begimxon piqillab kulib yubordi. I. Rahim, Chin muhabbat
Dimogʻi baland yoki kalondimogʻ
-
— U kishining oldida oʻn soat tursangiz ham indamaydi, shunaqa dimogʻi baland, — dedi. Oydin,Hikoyalar
-
Bejoy baland shu chopsonning dimogʻi. Hasanxon
-
— Yoʻq, — deb oʻyladi Yaxshiboyev, bu elchining dimogʻi baland. M. M. Doʻst, Lolazor
-
Bizning rais oʻjarroq, Gap uqmas, kalondimogʻ. Mushtum
Dimogʻi kuymoq
-
Ikki yil boʻldi kuygan edi dimogʻim. Nigor va Zamon
Dimogʻi koʻtarilmoq
-
Obbo! Rais boʻlib, dimogʻi koʻtarilib qopti-ku! S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Kreslo uning dimogʻini koʻtarib, amal gʻururi boshini aylantirib qoʻydi. Gazetadan
Dimogʻi shishmoq
-
Boʻlsa uy-joy, [Kanizakning] ilgarigi eridan qolgan roʻzgʻori bordir. Bu bezotning [Sidiqjonning] dimogʻini shishirgan shu narsa. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Aytganingizdek, mingboshining oʻzi ham dimogʻi shishib qolibdi. Hamza,Asarlar
Dimogʻiga qurt tushmoq yoki dimogʻidan qurt (eshak qurt) yogʻilmoq
-
Avval uni mullavachchalar sudradi keyin Mamarayim afandining dimogʻiga qurt tushdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
-
[
-
Qaynotasi] Nariroqqa borib toʻngʻilladi: — Hemirining tayini yoʻgʻ-u, dimogʻidan eshak qurt yogʻildi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
Dimogʻidan qor yogʻmoq
-
U
-
[Satin boyvachcha hovliga] har kirib chiqqanda, bir et-bir et tushar, dimogʻidan qor yogʻar va alamiga chidolmasdan, poʻngʻillab oʻtardi. H. Shams, Dushman
Dimogʻ qilmoq
DIMOG‘ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИМОҒ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dimog‘ so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar