dilxun
bilan ulashing
1. Qattiq alam chekib yoki xafagarchilikdan yuragi qonga toʻlgan, qattiq xafa.
-
[Onasi] Uni yupatguli soʻz topolmay dilxun boʻlardi. M. Ismoiliy, Fargʻona t.o.
-
Avaz, motamsaro uyga kira-yotgandek, dilxun boʻlib ostona hatladi. S. Siyoyev, Avaz
-
Ki baytim satri ikkidur: Biri dilxush, biri dilxun. E. Vohidov, Yoshlik devoni
2. koʻchma Kishiga azob beruvchi, yoqimsiz, jirkanch.
-
Ahmad chuqur xoʻrsindi. Bu ogʻir, jirkanch, dilxun muhitni tark qilib, ozodlikka — koʻchaga chiqib ketdi. F. Musajonov, Himmat
3. koʻchma Bagʻri qon, qip-qizil.
-
Tong qoʻynida maʼyus va dilxun Atirgullar egar boshini. Yoshlik
DILXUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЛХУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan DILXUN so‘ziga berilgan ma’nolar
dilxun so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
dilxun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar