diltang
bilan ulashing
1. Yuragi siqilgan, gʻoyat xafa, gʻamgin; maʼyus.
-
Shu kunlarda shoh juda diltang edi. Bahrom va Gulandom
-
Joʻnar boʻldim men bundan diltang, Ioʻllarimga qarab qolding sen. A. Oripov, Yillar armoni
-
Gohi magʻrur, gohi diltang, Gohi hazin, gohi tumtaroq. E. Vohidov, Muhabbat
2. Yuragi tor, tajang; parishon.
-
Diltang odam,
-
Elomonov diltang qoʻl silkib qoʻya qoldi. M. M. Doʻst, Galatepa qissalari
-
Qoʻlimni bogʻla, mayli, boʻlma diltang! Elimni yoqma-yu, eltib meni yoq! S. Abdulla, Asarlar
-
Shunaqa diltang paytda Xol-qoʻzining kelgani unga bulut orasidan chiqqan oftobdek tuyuldi. S. Siyoyev, Otliq ayol
DILTANG so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИЛТАНГ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
diltang so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar