qadoq
bilan ulashing
1. Qiymat jihatdan 1 funtga teng boʻlgan qadimgi ogʻirlik oʻlchov birligi (1 funt = 409, 512 g.).
-
Bir qadoq choy.
-
Afandi ishonmay, mushugini tortib koʻrsa, toʻrt qadoq chiqibdi. Latifalar
2. aynan QADOQ II 1 chega.
-
Bitta qadoq bilan butun boʻladigan likopcha.
3. sifatdosh Qadoqlangan, chegalangan.
-
Saltonbu qadoq piyolaga [ shilpildoq\ solib berdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
qadoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qadoq tosh, qadoqtosh
-
Har bir soʻzi qadoq toshday vazmin bu kishi keyingi kunlarda yanada kamgaproq boʻlib qolgan. M. Muhamedov, Qahramon izidan
qadoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qadoq choy, qadoq qand
Odam terisidagi koʻp ish-qalanadigan va qisiladigan joyning qalinlashuvi, qattiq qavariq (koʻproq oyoq panjalari, tovon, kaft, baʼzan qoʻl panjalarida uchraydi).
-
Vali aka qoʻlining qadoqlari ozor berishidan qoʻrqayotgandek, xotinining peshonasini avaylab siladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Sobir aka ogʻir mehnatdan ezilgan, qoʻllari qadoq, mushaklari chayir boʻlib ketgan edi. J. Sharipov, Xorazm
qadoq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qadoq qoʻl(li) yoki qoʻli qadoq
-
Qadoq qoʻlli millionlar Yanchdi zulm taxtini, Barpo etib boʻstonlar, Topdi quvonch, baxtini. Z. Diyor
-
Boylarga qarshi kurashni Niyozga oʻxshash ayrim kishilar emas, hamma qoʻli qadoqlar olib borishi kerak. B. Rahmonov, Bahor arafasi
QADOQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАДОҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QADOQ so‘ziga berilgan ma’nolar
qadoq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qadoq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar