sel
bilan ulashing
1. Shiddatli, kuchli yogʻin; jala.
-
Tomchi — sel boʻlmas, Dushman — el boʻlmas. Maqol
-
May oyi tugab boryapti-yu, haliyam har kuni yom-gʻir, har kuni sel. N. Aminov, Qahqaha
-
Bahor-da qattiq sel yogʻib, dala betini qatqaloq qopladi. Gazetadan
2. Togʻli hududlarda shiddatli yomgʻirdan, jaladan yoki qor erishidan hosil boʻladigan, aholiga, xalq xoʻjaligiga katta zarar keltiradigan kuchli loy-suv oqimi.
-
Toʻsatdan kelgan sel oqimi Tollimarjon bosh korpusida qurilayotgan kotlovanga urilib, ishni taqqa toʻxtatib qoʻydi. Gazetadan
-
Sel yuvib ketgan yoki yozning qattiq girdoblari yalagan taqir yerlarning mayda toshlari oyoq ostida gʻijirlardi. S. Ayniy, Qullar
3. Goʻshtning suvi, qoni.
-
Seli bilan qovurilgan jigar.
-
Ha, mulla aka, quling oʻrgilsin kabob bor, yeysizmi? Seli jizillab turibdi. Oybek, Ulugʻ yoʻl
-
Necha bor eʼtibor bergandirsiz, har qanday goʻsht tuzlanganda, seli chiqib ketadi. K. Mahmudov, Oʻzbek tansiq taomlari
4. koʻchma Quyoshning kuchli harorati; quyosh nuri oqimi.
-
Quyosh seliga miriqib choʻmilgan yam-yashil dala barq uradi. J. Abdullaxonov, Oriyat
-
Osmon begʻubor, tiniq, oftob seli goʻdak kulgisiday yoqimtoy edi. O. Yoqubov, Koʻhna dunyo
5. koʻchma Sel tomchilari kabi shiddatli va behisob.
-
Miltiqlardan oʻq seli yogʻdirilib, ura sadolari qum sahrosini larzaga keltirdi. J. Sharipov, Xorazm
6. koʻchma Biron-bir voqea-hodisaning, jarayonning kuchli, koʻpaygan holati, oqimi.
-
Gʻam seli.
-
Elmurod shunday oʻylar selida gʻarq boʻlib, uyqusi qochdi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Yoshi yigirma ikkiga qadam qoʻyganda, Beruniyni ham hodisalar seli yumalatib, oʻzi bilan birga janubga olib ketdi. M. Osim, Jayxun ustida bulutlar
sel soʻzi qatnashgan jumlalar:
Sel boʻlmoq
-
— Dutor chalganimda, [Sulaymon] sel boʻlib oʻtirardi, — dedi Mehri ona. A. Eshonov, Dutor
-
Zubaydaning onasi qiziga yalinib-yolvorib, koʻzlaridan yosh sel boʻlib oqib, oʻkrab-oʻkrab yigʻlardi. K. Yashin, Hamza
Sel qilmoq
-
Boltaboy suhbatning guli, qoʻshiq aytsa, odamni sel qiladigan, askiyada payrovdan chiqmaydigan yigit edi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Kuyning navosi ulfatlarni sel qildi. M. Hazratqulov, Jurʼat
SEL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
СЕЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
sel so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar