qadim
bilan ulashing
1. ot Uzoq oʻtmish, qadimgi zamon, uzoq, oʻtmish davr.
-
Qadimdan qolgan odat.
-
Chorvoq dalasi kadimda Madamin bilan Olaxoʻjaboyga qarashli edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Qadimning qoidasiga muvofiq, har ikki tomonning shumtaka bolalari bir-birlarini qorga dumalatib, bir nafas mushtlashib oldilar. Oybek, Tanlangan asarlar
2. sifatdosh Uzoq, oʻtmishdagi; qadimiy, koʻhna.
-
Qadim zamon.
-
Bu yoʻllar koʻp kadim yoʻllardir. Gʻ, Gʻulom
-
Hunarmandchilikning rivojlanishi katta savdo yoʻlidagi kadim shaharning boshqa uzoq muzofot-u oʻlkalar bilan aloqasini avj oldirdi. K. Yashin, Hamza
3. Ilgarilari, qadimda.
-
Hovlilarga kiraverishdagi katta va serviqor darvozalarni aytmaysizmi, kadim bunday darvozalarni Orifxoʻjaboylar kurardi. Mirmuhsin, Umid
QADIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАДИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qadim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar