qadar
bilan ulashing
1. koʻm. (b. k. bilan) Taqqoslash, oʻxshatish, daraja munosabatlarini, maʼnolarini bildiradi; kabi, oʻxshash, -dek.
-
Kosani olib, katta qoshiq bilan shoshib-pishib ichdi. Kosada osh uch ellik qadar ozaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Dunyo qadar mardlik siqqan keng quchogʻingga, Yashiringan million xalqning gʻazabli sasi. H. Poʻlat.
-
Biz oʻzimizni ichkariga olgach, darvozabon oʻzining hazmi koʻtargan qadar bizga toʻngʻillaydir-da, darvozani berklash harakatiga tushadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. j. k. (bilan) Chegara munosabatini, maʼnosini bildiradi; dovur, -gacha.
-
Uydan vokzalga qadar. Yetti yashardan yetmish yasharga qadar.
-
Darvoza ostini to hamsoyalar eshigiga qadar supurib kirib oʻltirib, onalari bilan choy ichmoqqa mashgʻul boʻlar erdi. Hamza, Tanlangan asarlar
-
Shu yilning oxiriga qadar korxonada beshta dastgoh tayyorlanada. Gazetadan
qadar soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir qadar
-
Bu ishlar bir qadar bitgandan keyin, Sidiqjon onasini olib kelgani Bahrobodga bordi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ikki ogʻayni bir qadar sarosimaga tushib, oʻrinlaridan turishdi. Oybek, Tanlangan asarlar
Mumkin qadar
-
Qambar mahallaning nomini aytib, u yerdagi tor koʻcha, boshi berk koʻchalarni, eshiklarni mumkin qadar sinchiklab tushuntirdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Boʻlib oʻtgan voqeaga mumkin qadar beozor baho berib, qizni unutib, tinchishni istar edi. Sharq yulduzi
U qadar
-
Masalani u qadar yecholmasam kerak;
-
Uning nimasi meni oʻziga tortar ekan? U qadar goʻzalligi ham, boshqa odamlardan ortiqligi ham yoʻq-ku! P. Tursun, Oʻqituvchi
eskirgan, kitobiy Taqsir, qismat, yozmish.
QADAR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАДАР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qadar so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar