qadam
bilan ulashing
1. Yurish jarayonidagi har bir oyoq tashlash, oyoq bosish; odim.
-
Ildam qadam. Shaxdam qadam.
-
Ochil bu gaplarning menga aloqasi yoʻq, deganday qilib, qadamini tezlashtirdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Yonidagi qorabayir buni sezdi shekilli, bir necha odim oʻtib, qadamini sekinlashtirdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shu vaqt boloxona narvonida gurs-gurs qadam tovushi eshitildi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
— Mardonqul aka, — dedi u boshliqning yurishiga qadamini moslab A. Muxtor, Boʻronlarda bordek halovat
-
Saodatxon bir-ikki qadam bosib, yana orqasiga qaytdi. S. Zunnunova, Yangi direktor
2. Har bir qadam oraligʻiga teng masofa, oraliq masofa.
-
— Assalomu alaykum, — dedim ostonadan bir qadam narida turib. E. Raimov, Ajab qishloq
-
Sodiq aminning kapasi ungurdan yuz qadamcha gʻarbda, togʻning soyabon boʻlib osilib tushgan kattakon toshi ostida edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
3. koʻchma Ish-faoliyat, rivojlanish va shu kabilarda olgʻa siljish, ilgarilash.
-
Oʻrtoq Ahmedov, bu tajriba paxta agrotexnikasida olgʻa qoʻyilgan katta qadam, deydi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
4. koʻchma Biror joy, tomonga qaratilgan, yoʻnalgan yurish; tashrif.
-
Uning bu yerdan qadami uzildi (kesildi). U biznikiga qadam bosmay qoʻydi.
-
Agar qadamimni boy sezib qolsa, Gulnorning ahvoli ogʻirlashmaydimi? Oybek, Tanlangan asarlar
-
Xayriyat, xayriyat, Abdurasul! Sening ham qadaming biz tomonlarga tushar ekan P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Sening uchun keldi sovchi qadami Bahrom va Gulandom
5. koʻchma Ish-faoliyatdagi har bir xatti-harakat; amal.
-
Odam baʼzan bir marta notoʻgʻri bosib qoʻygan qadami uchun umrbod javob beradi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Axir, kam gapirib, qadamini bilib bossa, ishini bilib qilsa va zimdan qora niyatlar yoʻlidan keta bersa, uni darhol bilish osonmi, axir? Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
qadam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bir qadam
-
Bir qadam narida turibdi;
-
Oʻzingiz koʻrdingiz, bugun guzardan bir qadam ham jilganim yoʻq, guvoh boʻlarsiz deyman-da. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Qadam bosmoq
-
Turgʻunoy tizzasini ushlab, zoʻrgʻa qadam bosardi. A. Qahhor, Maston
-
Yoʻq, amaki, uyga endi bir umr qadam bosmayman. S. Ahmad, Ufq
-
Bugun sakkiz kun boʻldi, qadam bosmaysiz-a? S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
oʻsha bosgan nojoʻya qadami boshiga balo boʻladigan boʻldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qadam olish
-
Ikkalasining kayflari balandmi yo Opa keltirgan xushxabar esankiratib qoʻyganmi, ishqilib, qadam olishlari boshqacha. O. Yoqubov, Larza
-
Abdusamad qorining soʻnggi kunlardagi qadam olishi Oʻrmonjonning har ikkala taxmini ham toʻgʻri ekanini aniq koʻrsatib turar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Qadam otmoq (yoki tashlamoq)
-
Ikkala ot bir qiyosda baravar qadam tashlab borar edi. A. Qahhor, Asror bobo
Qadam ranjida qilmoq
-
Ustoz yozuvchi xotirasini eʼzozlash uchun qalam sohiblari, olimlar muzeyga qadam ranjida qildilar. Gazetadan
Qadam tashlamoq
-
Maqsadsiz tashlangan qadam — oʻksiz miltiq bilan ovga chiqishdek gap. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
-
Oʻtgan yil bilan ham xayrlashdik. Yangi yilning boʻsagʻasiga qadam tashladik. N. Safarov, Olovli izlar
Qadam qoʻymoq
-
U uyning zinasiga endi qadam qoʻyganda, poxol ostidan chiqqan kampir: — Hoy, bolam, nemis bor! — deb qichqirdi. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Doʻst bilan obod uying, Gar boʻlsa u vayrona ham. Doʻst qadam qoʻymas esa, vayronadur koshona ham. E. Vohidov
-
Bu ishga qadam qoʻymasdan ilgari, bir karra sizning oldingizdan oʻtish, raʼyingizni bilishga toʻgʻri keldi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Oʻn ikkiga qadam qoʻymoq.
-
O, uchga qadam qoʻyib qoldi-ku. Tili biram shirin boʻlib chiqqanki, sira qoʻya berasiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Har qadamda
-
Har qadamda belgi qoʻyib borardi;
-
Masjidi jomiy boʻylab har qadamda gadoy, qalandarlar, tilanchi bolalar, kampirlar Oybek, Tanlangan asarlar
Qadamini uzmoq
-
Nega biznikidan qadam uzib ketdingiz, yo koʻngil qolarlik ish oʻtdimi bizdan? K. Yashin, Hamza
QADAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАДАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qadam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar