qad
bilan ulashing
1. Boʻy-bast, gavda bichimi; qomat, sumbat.
-
Qaddi kelishgan odam. Qaddi bukilgan chol.
-
Gʻulomjon chiroyli qaddini bukib, onasi ustiga engashdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Soqolining oqligiga qaramasdan, uning qaddida keksalik alomati sezilmas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Olimov qaddi barvasta, semizgina kishi edi. H. Nazir, Soʻnggi chaqmoqlar
2. Tananing oyoqlardan yuqori qismi, gavda.
-
Kostyum hali boʻyiga nisbatan ingichka boʻlgan qaddiga kenglik qildi, koʻkragi bir oz xalta boʻlib, yoqasi koʻchib turibdi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Bek qaddini yostiq ustidan koʻtarib, Komilga jilmayib qaradi. H. Gʻulom, Mashʼal
3. Kishi va narsalarning boʻyi, balandligi.
-
Oʻn kunlik mehnat orqasida har tomoni besh gazli va qaddi uch yarim gazli bir hujra hosil boʻladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Endi u ozdi, soqollari oʻsdi, yuzi qoraydi qaddi choʻzildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Xirmonlar qaddini koʻkdan oshiring Gʻ, Gʻulom
qad soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qad koʻtarmoq
-
Rayhonlar qad koʻtarib, hid sochdi A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Murotalining hovlisida qad koʻtargan oʻrik butun qishloqda mavjud boʻlgan daraxtlarning eng kattasi va chiroylisi edi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Klub devorlari kun emas, soat sayin qad koʻtara bordi. Mushtum
-
Uch hafta ichida gʻishtin sardoba yerdan ikki-uch gaz qad koʻtarib, uzoq-uzoqlardan koʻzga tashlanadigan boʻlib qoldi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Har yer-har yerda kabob, somsa, palov pishiradigan oshxonalar tezda qad koʻtarib, ishga tushdi. J. Sharipov, Xorazm
Qad rostlamoq
-
Binokor qadami yetgan joy tez obod boʻladi, ulkan zavod-fabrikalar qad rostlaydi. Gazetadan
Qaddi raso
-
Qaddi raso yigit;
-
Qaddi raso teraklar.
Qaddini koʻtarmoq
-
Supada yonboshlab yotgan yigit qaddini koʻtarib, atrofga qaradi.
-
— Qaddini koʻtarguncha, zavodchi boylardan soliq olinmasin, — dedi Yolmonboy. J. Sharipov, Xorazm
Qaddini rostlamoq
-
Qurbon ota engashib, samovarning ostiga sim tiqayotgan edi, qaddini rostlab, Sidiqjonga qaradi. A. Qahhor, Qoʻsh-chinor chiroqlari
-
pullarni koʻrpachaga uzala tushib, huzur qilib xayolan sanab yotgan Poshsha xola Laʼliga koʻzi tushdi-da, qaddini rostladi. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Garchi qaddini rostlab olgan boʻlsa ham, hali yosh, yomgʻirda qolgan gʻoʻzalar Muhiddinning koʻz oʻngidan oʻtardi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
-
Shahar bozorida otasi bergan pulni sarmoya qilib, doʻkon ochgan Toji savdo-sotiqni avj oldirib, qaddini rostlay boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor
QAD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qad so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar