qadal
bilan ulashing
1. Qadamoq feʼlining oʻzlik va majhul nisbati.
-
Bu yil urugʻ barvaqt qadaldi. Koʻkrakka qadalgan qator ordenlar.
-
Hammaning koʻzi qora charm qoplangan eshikka qadalgan. A. Muhiddin, Chap choʻntak
2. Koʻzini tikmoq; tikilmoq.
-
Sochlarini yoyib, oʻqday qadaldi K. Yashin, Hamza
-
Chol oʻgʻliga qadalib olgandi Sharq yulduzi
-
Valijon billur toshlar orasidan qaynab chiqayotgan tiniq suvga qadalib, xiyol jim qoldi. O. Yoqubov, Larza
3. Yurmoq turmoq Kabi baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, qimirlamay shu soʻzlar anglatgan holatda boʻlish maʼnosini bildiradi.
-
bu yerda qolgan kishilar stullarga mixlab qoʻyilganday qadalib oʻtirishlaridan shaxsiy ishlari koʻriladigan kishilar edi. I. Rahim, Ixlos
-
majhul kishi yuzini oydinga berib, xaroba uy ostida qadalib turganlikdan uning kim ekanligini tanish oson edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Bemor bir ozdan soʻng choy soʻradi. Keyin yana qadalib yotaverdi. Yu. Shomansur, Qora marvarid
QADAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАДАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qadal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar