qoqil
bilan ulashing
Qoqmoq feʼlining majhul nisbati.
-
Devorga qoqilgan mix. Tomiga tunuka qoqilgan uy.
-
Xonada oʻntacha eski, chang bosgan parta, kiraverishdagi devorga katta-kon qora taxta qoqilgan edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Hasan ota aytgandek, oʻrtaga qoziq qoqiladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Shon qoqilgan, boʻyi bir qarich kelar-kelmas tayyor bachkana mahsilar. Oybek, Tanlangan asarlar
qoqil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoqilib oʻtirmoq
-
hamma ish bilan band, jamoa raisi Salimov xuddi qorovulday qoqilib oʻtiribdi. H. Shams, Dushman
1. Yurayotib, oyogʻi uchini biror narsaga urib olmoq va shuning natijasida munkimoq.
-
Qoqilsang, toshdan oʻpkalama! Maqol
-
Oʻylab ketayotib, toshga qoqilib ketdim bosh barmogʻimning tirnogʻi koʻchib, chetidan qon sizib chiqdi. Oʻ. Usmonov, Sirli sohil
-
Siroj trotuardan turtib chiqqan gʻishtni koʻrsatib, qizni ogohlantirdi: — Ehtiyot boʻling, qoqilib ketish mumkin. F. Musajonov, Huri
2. koʻchma Yanglishmoq, xato qilmoq; shu tarzda pand yemoq, nochor holatga tushmoq.
-
Bu Viktorning ikkinchi marta qoqilishi Oldingi safar tanbehlarsizoq bir oz esini yiqqan edi. Sh. Gʻulomov, Boʻz yer uygʻondi
-
Hozircha u qoqilmay, obroʻsiga putur yetmay kelyapti. F. Musajonov, Himmat
3. koʻchma Biror narsadan, jihatdan qiyinchilik, muhtojlik sezmoq.
-
Puldan qoqilmoq.
-
Gapning sirasi shuki, qizning molini toʻlataman, deb otangiz bir oz qoqilib qoldilar. Mushtum
QOQIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОҚИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoqil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar