qoqindiq
bilan ulashing
1. etn. Qoqim qilib davolashda bemorning badaniga urib, boshidan aylantirib sadaqa qilinadigan yoki qoqimchi olib ketadigan narsa, sadaqa.
2. x.q. Jonim tasadduq, sadaqang boʻlay.
-
Axir, biz ham otang bilan koʻzimiz yorugʻligida sening orzu-havasingni koʻrsak deymiz-da, onang qoqindiq. H. Ziyoxonova, Koʻngil
-
Boʻyingizdan opangiz qoqindiq, agar shuncha-lik aytmasangiz, bir bechora qiz oyogʻosti boʻlarkan. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
— Voy, onaginang aylangur, boʻyginangga qoqindiq boʻlay, — deb Sharofatbibi uzoq vaqt bagʻridan Komilani qoʻymadi. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
-
Bor, doʻmboqqinam, bor, qoqindiq, bor, oʻyiningni oʻyna A. Muxtor, Chinor
QOQINDIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚОҚИНДИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qoqindiq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar