qada
bilan ulashing
1. Tiramoq, taqamoq.
-
Taxtaning bir uchini devorga qadamoq.
-
— Bu yashamay oʻlgurning oʻzi yomon, — dedi opa mushtini yerga qadab. A. Qahhor, Sarob. Bektemir.
-
Ikkita tankni koʻrdi, biri qiyshaygan, ikkinchisi esa tumshugʻini yerga qadagan. Oybek, Quyosh qoraymas
2. Sanchmoq, suqmoq.
-
Xanjar qadamoq.
-
Pichoqchaning uchini konserva bankasiga qadab, bezakdor sopi ustidan kafti bilan ura boshladi. N. Aminov, Suvarak
3. Toʻgʻnamoq, taqmoq.
-
Toʻgʻnogʻich qadamoq. Toʻgʻnogʻich bilan qadab qoʻymoq.
-
Men biron qogʻozni oʻqimasdan qoʻl qoʻysam, sen biron koʻylakning yoqasini qiyshiq qadab qoʻysang, ishga sovuqqonlik bilan qaraganimiz uchun javobgar boʻlamiz. A. Qahhor, Ayb kimda?
-
Dastorpech gavharlarni Botirning sallasiga qadab qoʻydi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
4. Oʻrniga tushirib biriktirmoq; solmoq, taqmoq (tugma, piston va shu kabilarni).
-
Gimnastyorkasining yoqasiga qoʻl yubordi-yu, tugmasini qadashga ulgurolmay, yana soʻzida davom qildi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
5. Oʻrnatmoq, tikmoq; bosib, suqib, oʻrniga joylashtirmoq.
-
Gluxov pichoq bilan birpasda beoʻxshovgina yulduz yasadi, barmoqday qizil qalam bilan uni boʻyadi-da, yogʻochga biriktirib, qabrga qadadi. Oybek, Quyosh qoraymas
6. koʻchma Ekmoq, tikmoq.
-
[Boʻtaboy] Shudgorni kesib, chigit qadayotganlar oldiga bordi. S. Ahmad, Hukm
qada soʻzi qatnashgan jumlalar:
Koʻzlarini (yoki kiprigini) qadamoq
-
U [Komiljon] shofyorga boshqa savol bermay, ikki koʻzini mashina oynasiga qadab boradi. I. Rahim, Ixlos
QADA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАДА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qada so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar