jun
bilan ulashing
1. Hayvon yoki kimsa badanini qoplagan qalin tuk, moʻy, yung.
-
Juni mayin qoʻy. Qoʻylarning junini olmoq. Ot agʻnagan yerda jun qolar. Maqol
-
U qoʻraga kirib ketdi-da, junlari oʻsiq, oriq bir echkini yetaklab chiqdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Xon boʻksasini koʻtardi, tuya junidan qilingan yumshoq bolishga suyandi. S. Siyoyev, Avaz
2. Asosan qoʻy, echki, tuyadan qirqib olingan shunday yung, moʻy.
-
Titilgan, savalgan jun
-
Professorning har bir soʻzi uning uchun tilladay qimmatbaho Yoʻq, ipakday mayin gʻaram-gʻaram jun olish tilsimining kaliti edi. S. Anorboyev, Oqsoy
3. Jundan tayyorlangan uy-roʻzgʻor buyumi.
-
Xotin boshidagi jun roʻmolini oldi-da, bir-ikki qoqib, yana oʻradi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha.
jun soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bola-chaqa poʻstakning junini yeydimi?
-
Kasal boʻlib qolsam, nima boʻladi? Biron ofat kelib qolsa, nima boʻladi? Bola-chaqa poʻstakning junini yeydimi? Akam boʻlmasa, ukam boʻlmasa. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
JUN so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЖУН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
jun so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar