qadr
bilan ulashing
1. Jamiyatda, kishilar oʻrtasida tutgan oʻrin, oʻzga(lar) tomonidan boʻlgan hurmat, eʼtibor.
-
Oʻz qadrini bilmagan birovning kadrini bilmaydi. Maqol
-
Daryo suvini bahor toshirar, Odam Kadrini mehnat oshirar. Maqol
-
Oh, ona tuprogʻim, oʻsgan joylarim Koʻnglimda saqlanar hurmating, qadring. Mirtemir
-
Kishining qadri amali va unvoni bilan emas, vataniga, xalqiga qilgan xizmati bilan oʻlchanadi. Shuhrat, Shinelli yillar
-
Oftob oyim qizining qadrini bunchalik arshlargacha koʻtarmoqda boʻlgan yigitga oʻzida yoʻq cheksiz muhabbat, poyonsiz ehtirom sezmoqda. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Hayotda tutgan oʻrin; ahamiyat, muhimlik holati.
-
Zar kadrini zargar bilar. Maqol
-
Gazlamaning kadri juda oshib ketdi. Ertalabki narx kechga toʻgʻri kelmaydi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
U tomonlarda mevaning kadri baland deyishadi, rostmi? N. Safarov, Hayot maktabi. Biz hamma narsaning kadrini oʻzi yoʻqolgandan keyin bilamiz. Oʻ. Hoshimov, Nur borki, soya bor
qadr soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qadr qilmoq, qadriga yetmoq yoki qadrini bilmoq
-
Bola qadriga yetmagan ona qadriga yetmaydi. S. Abduqahhor, Koʻzlar
-
Salomatlikning qadriga yetmoq, Gul qadrini bulbul bilar. Maqol
-
Qullikni sezmagan hurlik qadriga yeta olurmi?! Hamza
Qadri oʻtmoq
-
Doʻstimning qadri oʻtdi, u boʻlsa, bunchalik qiynalmas edim.
-
Isroil Ahmedovning qadri, ayniqsa, hozir oʻtyapti. I. Rahim, Chin muhabbat
QADR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚАДР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
QADR so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan QADR so‘ziga berilgan ma’nolar
qadr so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qadr so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing