tortqila
bilan ulashing
1. Hadeb tortavermoq; tartibsiz ravishda har tomonga tortmoq, tortib-tortib qoʻymoq, har tomonga tortib toʻzgʻitmoq.
-
Etagidan tortqilamoq.
-
Isfandiyor Avazning yoqasidan tortqilab, hamon baqirardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Xotin bir qoʻllab uning bilagidan tortqilar, ikkinchi qoʻli bilan yuziga suv separdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Talab, har tomonga tortib olib ketmoq, oʻziniki qilish uchun harakat qilmoq.
-
Adolat qopchigʻini ochdi. Unda angishvonadan tortib ip, ipaklargacha bor edi. Qizlar oʻz buyumlarini tanib, uni bir boshdan tortqilay boshladilar. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Nafs balosiga uchragan ayrim shofyorlar konduktorlar bilan tushgan pullardan tortqilash bilan ovora. Mushtum
-
Shu kambagʻal qarindoshni tortqilamasdan tinch qoʻyinglar. Umid bilan shu yerda yuripti, shu yerda qolsin u. Oybek, Tanlangan asarlar
TORTQILA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТОРТҚИЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
tortqila so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar