dingilla
bilan ulashing
so‘zlashuv tili Ikkala orqa oyoqni koʻtarib irgʻishlamoq yoki jadal yura boshlamoq; diringlamoq.
-
Toy dingilladi. Buzoq dingillab chopdi.
-
[Abu] Toychalarga oʻxshab, dingillab chopadigan ham boʻldi. Mirmuhsin, Ona
-
Avazxon dingillab kelayotgan Oqtoyni tanidi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
— Sizni ham urintirmay, oʻzim shunday palovtoʻra yasayki, oʻliklar yesa — tiriladigan, tiriklar yesa dingillaydigan boʻlsin, — dedi Asad. H. Nazir, Koʻkterak shabadasi
-
Uzoqdan Qoʻziboy, qoʻltigʻida papkasi, Oqtoyni dingillatgancha kelayotgan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Eshaklarini dingillatib, atrof qishloqlardan yangi chopon kiygan dehqonlar kelishmoqda. Sh. Toshmatov, Erk qushi
DINGILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ДИНГИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
dingilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar