mulla
bilan ulashing
1. Oʻrta Sharq, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Madrasa taʼlimini olgan shaxs.
-
Madrasani tugatgach, oshiqlar yor vasliga oshiqqandek, mulla Abdurahmon ham oʻz shahriga yelib-yugurib yetdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Din arbobi, ulamo.
-
Mullaning aytganini qil, qilganini qilma. Maqol
-
Choʻrilikni mullalar senga qildilar taqrir [qaror]. Hamza
-
Buxoro shahrida Mirarab madrasasining miyon saroyida koʻp mullalar toʻplanishib, madrasaning vaqfi toʻgʻrisida gapirishmoqda edilar. S. Ayniy, Qullar
3. s. t. esk. Maʼlumotli, oʻqimishli kishi.
-
Aytaylik, mening xizmatkorim mulla boʻldi-yu, omi boʻldi — menga bari bir emasmi? K. Yashin, Hamza
-
— Ha, mulla, charchamasdan, siqilmasdan yuribsanmi? Muncha ozib ketibsan? — dedi qori [Elmurodga]. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Hurmat yuzasidan murojaatda, gaplashganda, kishining ismiga qoʻshib aytiladi.
-
— Dunyoning ishi shunaqa ekan, mulla Ali! — deb uni yupatib qoʻydi [Otabek]. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Loaqal bir kaft tuproq tashlasangiz-chi, mulla yigit! Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
mulla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mulla boʻlmoq
-
U oʻqib, mulla boʻlib, biror shaharni olib berarmidi menga! K. Yashin, Hamza;
-
Qamoqdan jindak boʻlsa ham mulla boʻlib qaytganligim shu lahzada kuchini koʻrsatdi. X. Lutfullayev, Baxti kulgan yigit
Mulla qilmoq
-
— Xoʻp, qizim, xoʻp, pochchasi boqmasa boqmasin, men oʻzim boqaman, oʻqitib, katta mulla qilaman, — dedi Mohlar oyim. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Mavlon Musayevich oʻrnidan turdi. Oʻzicha Zumradni bir mulla qilib qoʻymoqchi boʻldi. S. Siyoyev, Otliq ayol
Mulla jiring, mullajiring
-
Senga oʻxshash, menga oʻxshash moyjuvozi borlar soliq toʻlamay qoʻysa, sovetning hamyoniga mulla jiring qayoqdan tushadi? P. Tursun, Oʻqituvchi
Mulla mingan eshakday
-
Aziza ham eri bir kunmas-bir kun mulla mingan eshakday, yuvosh tortib kelishini kutib yurdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Qamoqda ezilsa, mulla mingan eshakday bir kunmas-bir kun balki chiqib kelar Oybek, Tanlangan asarlar.
MULLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mulla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar