mulohaza
bilan ulashing
1. Fikran muhokama yuritish, oʻylash; oʻy.
-
Biz uch oilaning bir-biriga oʻxshamagan qismat-taqdiri haqida mulohaza yuritdik, vafodorlikni ulugʻlab, bevafolikni ranj bilan qalamga oldik. Gazetadan
-
Uning [eshonning] uzoq mulohazadan keyin bir fikrga kelgan kishidek koʻzlari maʼnoli qisildi. S. Ahmad, Hukm
2. Biror masala yuzasidan bildirilgan yoki oʻylab qoʻyilgan fikr.
-
Iqtisodiy masalaga doir mulohazalar. Oʻz mulohazasini bayon etmoq.
-
Ahmad Husayn quldan badtar ojiz, zabun, hamisha taqdirga itoatkor, gʻirt savodsiz bu dehqonning mulohazalariga hayron qoldi. Oybek,Nur qidirib
3. aynan Andisha 1.
-
Mulohaza bilan ish qilmoq.
-
Hosilot ota Komiljonni koyib bermoqchi ham boʻldi, tagʻin rais bu voqeadan xabardordir, degan mulohaza bilan indamadi. R. Fayziy, Choʻlga bahor keldi
mulohaza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mulohaza yuritmoq ayn. mulohaza qilmoq
-
Oʻroqov sadoqat va doʻstlik toʻgʻrisida uzoq, uzuq-yuluq, ammo balandparvoz mulohazalar yuritdi. Y. Shamsharov, Toshqin
Mulohaza qilmoq
-
[Elmurod] Bir gapni aytishdan ilgari oʻzicha mulohaza qilib koʻrar edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
U [Elmurod] endi boʻyni qisiq yetim emas. Endi unga mulohaza qilib oʻtirishdan koʻra bor gapni shartta aytib, koʻngilni xijolatdan boʻshatish osonroq. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yigitaliga bu malol kelsa-da, ochiq aytishga mulohaza qilardi. T. Malik, Ajab dunyo
Mulohazaga bormoq ayn. mulohaza qilmoq
-
Ular ortiqcha mulohazalarga borib turmasdan, shu zamonoq oʻpardilar men oʻzimni tutdim. Oydin, Hikoyalar
MULOHAZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МУЛОҲАЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mulohaza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar