mansab
bilan ulashing
1. a. Ish, amal, ahvol, holat
2. Masʼul vazifa; amal, lavozim.
-
Oʻz mansabidan foydalanmoq. Mansabdan tushmoq.
-
Mulla Abdurahmon Qoʻqon safariga hozirlanarkan, koʻngli Qoʻqonda oʻzini kutib turgan ulamolik shuhratiga, muftilik, qozi va aʼlamlik mansabiga oshiqar edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
3. so‘zlashuv tili Oʻzini koʻrsatish uchun qilinadigan yoki oʻziga maʼqul ish, harakat.
-
Manmanlik u kishiga bir mansab.
4. geogr. Daryoning koʻl, dengiz yoki boshqa daryoga quyiladigan joyi.
-
Har bir katta daryoning mansabi boʻladi. Oʻqish kitobi
mansab soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mansabga minmoq (yoki oʻtirmoq)
-
U juda katta mansabga minganday yon-veriga qaragisi kelmaydi. P. Tursun, Oʻqituvchi
MANSAB so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАНСАБ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
MANSAB so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan MANSAB so‘ziga berilgan ma’nolar
mansab so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Keyingi 10 ta so‘z
mansab so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar