maʼno
bilan ulashing
1. a. [ — mazmun, tushuncha, gʻoya]
2. Soʻzning mazmun tomoni, soʻz bilan ifodalangan tushuncha.
-
Soʻzning toʻgʻri maʼnosi. Soʻzning koʻchma maʼnosi.
-
Men, odatim boʻyicha, soʻzlarning maʼnolarini va nomlarning nomlangan narsa bilan munosabatini bilishga qiziqqanimdan: — U qishloqni nega Tezguzar deb ataganlar? — deb soʻradim. S. Ayniy, Esdaliklar
3. aynan Mazmun.
-
Gavhar bu gapdan qoʻlimdan kelsa, yordamimni ayamayman degan maʼnoni uqdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Unsin qoshini chimirib, yalt etib Gulnorga qaradi, lekin soʻnggi jumlaning maʼnosini, nechundir, soʻramadi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Baʼzi xatti-harakat va shu kabilardan anglashiladigan narsa; ifoda.
-
Xotin uning harakatidan oʻpich ber degan maʼnoni angladi-da: — Shuni toʻgʻri ayta qolsangiz, nima boʻlar ekan! — dedi. A. Qahhor, Mayiz yemagan xotin
-
Uning vajohatidan nega kelding, degan maʼno borligini Aziza tushundi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
5. Biror narsaning mohiyati, nima ekanligi; mohiyat.
-
Samandarov zaharxanda qildi: — Bu qanaqa musobaqa boʻldi? Musobaqaning maʼnosini tushunasanmi oʻzing? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Demak, irsiyatning maʼnosi — oqsil sintez qilish qobiliyatining nasldan naslga oʻtishidir. Fan va turmush
maʼno soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bundan maʼno chiqmaydi
Maʼno bermoq
-
Zamiraning dami chiqmay qolganiga Ochil oʻzicha maʼno berdi. P. Qodirov, Uch ildiz
Maʼnosi yoʻq
-
vodorod bilan kislorodni arabchaga tarjima qilib oʻtirishdan maʼno yoʻq. P. Tursun, Oʻqituvchi
MAʼNO so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МАЪНО so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
maʼno so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar