yon
bilan ulashing
1. Oʻt olmoq; oʻtda kuymoq.
-
Toʻqayga oʻt tushsa, hoʻl-u quruq baravar yonadi. Maqol
-
Quruq oʻtin bir zumda lovullab yonib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Chayla qamishlari allaqachon yonib bitib, yogʻochlarigina qora koʻmir boʻlib, chars-churs qilib tutab yotardi. N. Fozilov, Diydor
2. Yolqinlanib, nur berib turmoq.
-
Saroyning toʻrida boshqalarga qaraganda koʻrkamroq bir hujra bu hujrada sham yonadi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Haqiqatdan u kishining [Zokir Oʻrinovichning] hovlisida chiroq yongan edi. Sh. Xolmirzayev, Yoʻllar, yoʻldoshlar
3. Nur, shuʼla sochmoq, porlamoq.
-
Koʻkda, daraxtlar ustida gʻuj-gʻuj yulduzlar yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Archa turar oʻrtada yonib, Oqmoqdadir har yon shuʼla-nur. Gʻayratiy
4. Tovlanmoq, jilvalanmoq.
-
Gilam choʻgʻdek yonadi.
-
Koʻylak yengi tirsakka qadar shimarilgan, [qizning]
-
tiqmachoqday bilaklarida ilon boshli oltin bilaguzuklar yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
5. Ortiq darajada issigʻi, harorati oshmoq, qizimoq.
-
— Uh, badanim yonib boradi — dedi Gulnor. A. Muxtor, Opa-singillar
-
U yonogʻini onasining yonib turgan oʻtli yonogʻiga surtib, siniq tovush bilan pichirladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
6. Ortiq darajada qizimoq.
-
Quyosh tik kelgan. Havo lovullab yonadi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Kishini holdan toydiradigan saratonning havo yongan kunlarida har qanday tirik jon oʻzini panaga uradi. Sharq yulduzi
-
U [Rahim Saidov] pastga tushdi. Kun tikkaga kelgan, koʻcha yonardi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
7. koʻchma Butun vujudi bilan berilmoq, astoydil harakat qilmoq; qaygʻurmoq.
-
Yoʻlchi yozda yonib, chang-tuproq yalab, qishda qor-muz kechib, butun mahrumiyatlarga, butun ogʻirliklarga qaramasdan, jonkashlik bilan ishladi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Bu ashulani ham yonib, joʻshib aytdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Onaman-u onaman, Bolam uchun yonaman. Qoʻshiqlar
8. koʻchma Tutaqmoq, jahli chiqmoq; asabiylashib ketmoq.
-
Siz onamdan xafa boʻlmang, uning odatini bilasiz-ku, bir yonib, bir oʻchaveradi [dedi Rayhon]. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Olimjon yotigʻi bilan soʻzlagan boʻlsa-da, rais yonib ketdi. H. Nazir, Qanotlar
9. koʻchma Kuchaymoq, avj olmoq; alangalanmoq.
-
Begʻubor tong kabi qalbingda Vatan ishqi, xalq mehri yonar. Gʻayratiy
-
Hozir Xalilovning nafrati yonib turibdi. I. Rahim, Ixlos
10. Sabrsizlik bilan kutmoq, oshiqmoq.
-
Navoiy Hirotga kirishi bilan uning maxsus farmon olib kelganligi butun shaharga yashindek tarqaldi. Hamma uni tezroq eshitish orzusi bilan yondi. Oybek, Navoiy
yon soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ichida chiroq yonganday boʻlmoq
-
— Kampirning taʼrifini eshitib, ichimda chiroq yonganday boʻldi-yu, lekin bu gal odob saqlab indamadim, — dedi chol. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mingboshi ichida chiroq yonganday boʻldi, suyunchi koʻzlarida oʻt boʻlib yondi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Koʻzi yonmoq
-
Qushbegining koʻzi yondi Manglay etlari tirishib, soʻl qoʻli bilan soqolini tutamlab, fikrga ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
[Toʻgʻonbekning] Kichik, qiyiq koʻzlari yomon yonadi. Oybek, Navoiy
-
Badianing koʻzlari yonar, titrab turgan qoʻlidagi oʻtkir xanjar yarqirar edi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Quvonchdan Bektemirning koʻzlari yonib ketdi. Oybek, Quyosh qoraymas
Lov etib yonmoq
-
Talʼatning nimaga shama qilayotganini tushundi-yu, lov etib yonib ketdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Munisxon lov etib yondi-da, chamadonini koʻtarib, qora yubkasida Qoʻqonga qarab joʻnadi. Oʻ. Umarbekov, Yoz yomgʻiri
Yuragi yonmoq
-
— Bir koʻrsam, ikki ogʻiz gap aytsam, deb yuragim yonadigan boʻldi — dedi Davlatyor. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Nima qilay, Sherali akajon! Ayting! Yuragim oʻrtab yonyapti! S. Karomatov, Oltin qum
-
Bitta grafinni ushladi: — Sovugʻidanmi, issigʻidanmi? — Sovugʻidan quya qoling. Yurak yonib turibdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
YON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yon so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar