yonbosh
bilan ulashing
1. aynan Yon 1, 2.
-
Yonboshim ogʻriydi.
-
Eʼzozxon Botiralining yonboshida hamon chopqillab yurib kelardi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Avaz unga bir qaradi-yu, Mahmuda Aliyevnaning yonboshidagi stulga borib oʻtirdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Nazar yonboshi qirilib pachoq boʻlgan mashinaning old oʻrindigʻiga oʻtirdi. E. Usmonov, Yolqin
2. Oʻng yoki chap kurak suyagi.
3. sprt. Oʻzbek kurashida: kurashchi usul qoʻllab, raqibining bitta kuragini yerga tekkizganda yoki raqibi ikkinchi marta ogohlantirilganda beriladigan baho, ball.
yonbosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yonboshga olmoq
-
Ali polvon meni bir necha vaqt aylantirib yurdi, soʻngra chamaga keltirib, yonboshiga olmoqchi va yerga urmoqchi boʻldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
U yonboshidan bu yonboshiga agʻanamoq
-
U [Nuri] u yonboshidan bu yonboshiga agʻanar, koʻngli ham tun kabi qop-qorongʻi boʻlib, xayoli tarqoq yotardi. N. Fozilov, Diydor
-
Qudrat u yonboshidan bu yonboshiga agʻdarila berib, yarim kechadan oqqanda, uyquga toldi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
Yonboshi yerga tegmagan
-
Yonboshi yerga tegmagan pahlavon.
-
Chet ellardan pahlavonlik dagʻdagʻasi bilan kelib turadigan zoʻrlardan birontasi hali uning yonboshini yerga tegizgan emas. Oybek, Navoiy
YONBOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁНБОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yonbosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar