baxtsiz
bilan ulashing
1. Baxtga erishmagan, baxti kulmagan, baxti qora.
-
Ona bolasining baxtini koʻrolmay, baxtsiz boʻlgani uchun yigʻlar edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Loaqal bu baxtsiz singlingiz uchun birgina bosh ogʻritsangiz-chi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Biroq Anvar oʻqishda qancha baxtli boʻlsa, peshonada oʻshancha baxtsiz edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
2. Hayoti kulfat, dard-alam bilan toʻlib-toshgan, turmush lazzatidan bebahra, roʻshnolik koʻrmagan.
-
Bolam, shu mushtipar, shu baxtsiz onangning yarasiga tuz sepmasang, yurak-bagʻrini qon qilmasang, dadang keltirgan xabarni aytaman. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Biror-bir koʻngilsiz hodisaga uchragan; bechora.
-
Muhammadjon singari bolalar, Abduaziz ota singari chollar, kampirlar, oʻlim toʻshagida yotgan bemorlar, baxtsiz mayiblar oz boʻlganmikan? A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Nima, buni mashina mayib qilibdimiki, baxtsiz hodisa desa K. Yashin, Hamza
-
Ilhomjon oʻz odatiga koʻra, yana baxtsiz hodisalar, oʻlim-yitim haqida gapira boshladi. N. Aminov, Qahqaha
BAXTSIZ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАХТСИЗ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baxtsiz so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar