baxtli
bilan ulashing
1. Oʻz hayotidan mamnun, baxti kulgan; baxtiyor.
-
Baxtli qiz.
-
Bunday baxtli yoshlik bir marta keladir. Zavqini surib qoling, aylanay. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Ilohim, baxtli boʻl! Onangga, otangga rahmat, senga ish oʻrgatishibdi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. aynan Baxtiyor 2.
-
— Ha, mayli, — dedi xoʻrsinib [Qirmizxon], — Siz bilan oʻtkazgan onlarimni shu notavon umrimning eng baxtli damlari deb bilaman. N. Aminov, Qahqaha
-
U bu uyda eng shirin, baxtli kunlarini oʻtkazdi. S. Zunnunova, Koʻk chiroqlar
3. Toley baland, omadi bor, omadli.
-
Baxtli ovchiga choʻloq kiyik yoʻliqar. Maqol
-
Aylanay, kuyov bola, baxtli yigit ekansiz, shunday odamlarga oʻgʻil boʻlibsiz. Mushtum
BAXTLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАХТЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baxtli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar