baxshi
bilan ulashing
1. Xalq qoʻshiqlari va dostonlarini yoddan kuylovchi shoir, oqin.
-
Oʻzbek xa/1q baxshilari. Baxshilar repertuari. Toʻyda soʻz ber baxshiga, Xaridor boʻl yaxshiga! Maqol
-
Du-torsiz baxshi boʻlmas, Yomonsiz — yaxshi. Maqol
-
Doston va terma baxshilarning repertuarida yonma-yon yashab keladi. OʻTA
2. etn. Irim-sirimlar qilib, duolar oʻqib, dam solib davolovchi tabib.
-
Jinga ishongan baxshini tinglaguncha, Chinga ishongan yaxshini tingla. Maqol
-
Sotiboldining xotini ogʻrib qoldi. Baxshi oʻqidi. Allaqanday bir xotin kelib, tolning xipchini bilan savaladi. A. Qahhor, Bemor
-
Baxshi, kushnoch, azayimxonlarni yigʻib, oʻqitib-choʻqitdi, u ham boʻlmadi, dardi zoʻrayib ketdi. Bahrom va Gulandom
3. esk. tar. Buxoro xonligida qurilish uchun belgilangan mablagʻlarning hisob-kitobini nazorat qiluvchi lavozimli kishi.
-
Buxoro xonligida maʼmuriy binolar qurishda mablagʻ hisobini olib boruvchi kishilarni, turkmanlarda urugʻ oqsoqollarini baxshi deb atashgan. OʻzME
BAXSHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАХШИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baxshi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar