baxtsizlik
bilan ulashing
1. Baxti kulmaganlik, baxtga erishmaganlik; omadsizlik.
-
Baxt bilan baxtsizlik yetaklashib yurarkan-da doim. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Anvarning bu holati balki oila baxtsizligidan, ota-ona bagʻrida yayramaganligidan tugʻilgandir desak, uning ikki ogʻasi bunday emas edilar. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
-
Sevuvchilar vasl oqshomida baxt sharobini ichishsa, bular baxtsizlik ogʻusini ichmoqda edilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
U boʻy-basti choʻzilib, turmush qurdi-yu, boshiga baxtsizlik yogʻildi. H. Shams, Dushman
2. Koʻngilsiz, noxush holat va uning sababchisi boʻlgan voqea, hodisa.
-
-
Adolat ham keyingi voqealar qandaydir katta baxtsizlikdan xabar berayotganini tushunib, boʻshashib ketdi. I. Rahim, Chin muhabbat
BAXTSIZLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАХТСИЗЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baxtsizlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar