baxtiyor
bilan ulashing
1. Oʻz hayoti, toleidan mamnun, baxti kulgan; baxtli, saodatmand.
-
Baxtiyor oʻzbek xalqi. Baxtiyor oila.
-
Baxmal qirgʻoqlarni toʻldirib oqdi Baxtiyor elimning quvonchli sasi. Gʻayratiy
-
Oyqiz issiq yuzini sevimli erining koʻksiga qoʻyib, qalbi quvonch bilan toʻlib-toshardi va oʻzini chindan ham baxtiyor his qilardi. Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Xursand edi behad ikki yor, Xursand edi ikki baxtiyor. H. Olimjon
2. Shirin, bearmon.
-
Baxtiyor hayot.
-
U kunlar Nazirqul uchun eng baxtiyor kunlar edi. S. Ahmad, Hukm
-
Zokir uning Narimon bilan oʻtkazgan baxtiyor damlarini unutolma-yotganini sezganda, juda rashki kelar va jerkib gapirardi. P. Qodirov, Uch ildiz
3. Mamnun, shodon.
-
Qaygʻusi yoʻq biror kunni koʻrmadim, Biror soat men baxtiyor boʻlmadim. H. Olimjo
-
Matqovul baxtiyor edi. Bugun qozon osilardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Aʼzamjon baxtiyor, oʻz xotinining husnidan mast edi. S. Ahmad, Ufq
BAXTIYOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАХТИЁР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baxtiyor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar