baxt
bilan ulashing
1. ijt. Kishining oʻz faoliyati natijalaridan, hayotda qoʻlga kiritgan yutuqlaridan toʻla qoniqishi, yashash tarzidan mamnunligi, muayyan maqsadga yetgani, orzu-umidining ushalishi sifatida namoyon boʻladigan maʼnaviy-axloqiy tushuncha.
2. Hayot (turmush)dan toʻla mamnunlik va bearmonlik holati; saodat, qut.
-
Mehnat — baxt keltirar. Maqol.
-
Ona-yer nafasiga, mehriga, inʼomlariga toʻyib yashashdan ortiq baxt bormi? Saodat
3. Omad, tole; iqbol.
-
Uf, nima ish qilsam, ketga qarab ketadi, xolos, mening baxtim qursin. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
-
— Ani shu qizlar safida menga ham joy bordir, — deb oʻyladi Adolat. — Baxtimni bir sinab koʻray-chi? I. Rahim, Chin muhabbat
-
Hamma gap peshonada, taqsir Peshona shoʻr boʻlgandan keyin, unda baxt guli unadimi! H. Gʻulom, Mashʼal
baxt soʻzi qatnashgan jumlalar:
Baxti kulmoq (yoki ochilmoq)
-
Ajab emas, baxti ochilib, Gulnor ham yaxshi, obroʻli joylarga kelin boʻlsa. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Qisqasi, boladan baxtim ochilmadi, doʻstim. T. Ashurov, Oq ot
Baxting ochilsin yoki baxtingni bersin
-
Iloyo, baxtingni bersin, yaxshi qayliqqa uchrab, bu kunlaring unut boʻlsin, bolam! Oydin, Chaqaloqqa chakmoncha
Baxti qora (yoki qaro)
-
[Xolisxon:] Aziz doʻstlar, netay, baxti qaro boʻlganga yigʻlayman, Azizimdan tirik, oʻlmay judo boʻlganga yigʻlayman. Hamza, Paranji sirlari
Baxt qushi (baxti humoyun) boshiga qoʻndi
-
Nega boshingga qoʻngan baxt qushini kaltak olib quvlaysan? S. Ahmad, Ufq
-
boshimizga qoʻngan bu baxti humoyunni uchirib yubormaslik uchun hali ancha harakat qilishimiz kerak. K. Yashin, Hamza
Baxtga (baxtimga, baxtimizga, baxtiga
-
Baxtimizga, zamon oʻzgarib, bunday yaxshi kunlarga yetdik. E. Rahim, Yangi qadam
-
Endi musofir qizingizning baxtiga siz oʻlmang. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Baxtga qarshi
-
Mariyaning baxtiga qarshi, amaki sil kasalligiga uchrab, ishdan qoldi. Oybek, Tanlangan asarlar
Baxtdan koʻrdim (baxtimdan koʻraman)
Baxti bogʻlanmoq yoki baxtiga kuya tushmoq
-
Siz tugʻmas ekansiz, baxtingiz bogʻlangan K. Yashin, Hamza
-
Sen uning borligin unutma sira, Unutsang baxtingga kuya tushadi. Shuhrat, Yoshligimning davomi
Baxti kulmoq (yoki chopmoq)
-
El boqsa, baxting kular, El boqmasa, taxting qular. Maqol
-
Bir soʻz aytay, senga malol kelmasin, Baxting chopsin, zafaring hech qaytmasin. Malikayi ayyor
Baxti ochilmoq
-
Qizining baxti ochilmayotganidan kuygan ona boshini tizzalariga qoʻyib, hasrat bilan yum-yum yigʻladi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
BAXT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАХТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baxt so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar