baxmal
bilan ulashing
1. aynan Duxoba.
-
Qizil baxmal. Chiy baxmal. Baxmal doʻppi. Baxmal toʻn.
-
Baxmal poʻstin kiyasan, alla-yo, alla, Zoʻr pahlavon boʻlasan, alla-yo, alla. Qoʻshiqlar
-
Ular baxmal koʻrpa yopilgan issiq sandalning ikki chetida oʻtirib, kechki taomni birga yemoqda edilar. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. koʻchma Dala va togʻlarni qoplagan mayin maysalar yoki qalin oʻt-oʻlanlar.
-
Baxmal dalalar. Baxmal qirlar. Baxmal qirgʻoqlar.
-
Qanday goʻzal baxmal qir, Yam-yashil dengiz goʻyo. A. Poʻlat, Tasadduq
-
Jilvaga burkandi kumush qirgʻoqlar, Bagʻriga tortardi baxmal oʻtloqlar. Gʻayratiy
-
Sokin tunda toʻlgan kumush oy, Boshin qoʻyib baxmal qirgʻoqqa. Gʻayratiy
-
Baxmal sohilingga koʻz tikib qoldim, Asrlar sirdoshi, ey ulugʻ daryo. Gʻayratiy
3. koʻchma Quyuq qorongʻilik.Kumush tongni, baxmal kechani dalada qarshilab Gazetadan.
-
Tong oldi tinch. Yoqimsiz tunning qora baxmali. A. Muxtor, Asarlar
4. koʻchma Mayin, yoqimli.
-
Bunisi koʻp soz, U baxmal ovoz Saqlangan ekan Ulugʻ hofizdan. M. Shayxzoda
BAXMAL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАХМАЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baxmal so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar