battol
bilan ulashing
1. Oʻtaketgan yovuz, berahm, vahshiy.
-
— Benomus battollar! — degan gʻazabnok tovushlar eshitildi. Otliqlar qilichlarini yalangʻochlab, qiy-chuv koʻtargan ayollarni chopa boshladilar. M. Osim, Oʻtror
-
Boʻridan ham yomon Odamning boʻrisi, battol. Gazetadan
2. Oʻtaketgan razil, yaramas.
-
Men bilan Otabekni qamatib, dor ostiga yuboruvchi, Otabek tilidan soxta taloq xati yozib, bir-birimizdan judo etuvchi battol Homid ekan. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Oʻzinikini toʻgʻri deb turib oladigan; toʻgʻri yoʻl-yoʻriqqa yurmaydigan, oʻtaketgan oʻjar, qaysar.
-
Bugun darvozada juda battol sarboz turibdi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
oʻjar boʻlganda ham borib turgansan. Bekorga battol deb laqab qoʻyishgan emas. B. Rahmonov, Yurak sirlari
4. koʻchma Xosiyatsiz; shiddatli.
-
Namoz-gardan boshlab yomgʻir chunonam quyishga turdiki, Jahon ota: — Bunaqa battol yogʻinni umrimda kamdan-kam koʻrganman, — dedi. R. Rahmonov, Changalzordagi sharpa
BATTOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАТТОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
BATTOL so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan BATTOL so‘ziga berilgan ma’nolar
battol so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
battol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing