bay-bay
bilan ulashing
1. undov so‘z Hayratlanish, ajablanish holati yoki tahsin maʼnosini ifodalaydi.
-
Bay-bay, shahanshohlar turadigan uylar-a! S. Nurov, Narvon
-
Bay-bay, uning yalqovligi, ammo til degan bir quloch. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Endigina yotoqxona zina-poyasiga yetgan ham ediki, balkondan pastga qarab turgan qizga koʻzi tushdi: Bay-bay, chakki emas-u Yoshlik
-
.bakovul ichiga qiyma tiqilgan kakliklarni olib oʻtyapti. Bay-bay, muncha hidi yaxshi-ya? — deb oʻyladi u, ogʻzining suvi kelib. M. Osim, Oʻtror
-
[Burhon:] Bay-bay, bu vino emas, asal-ku, doʻstim. Uygʻun, Hurriyat
2. Xushyoqmaslik, norozilik, taassufni ifodalaydi.
-
Bay-bay! Kelin degan ham shundoq, latta qoʻgʻirchoq boʻladimi? S. Ahmad, Saylanma
-
Bay-bay, bu bolalarning dastidan oʻlib boʻldim; axir bu tosh qurt, jigʻildonlaringni teshib yuboradi-ku. Oybek, Tanlangan asarlar
-
— Bay-bay, gʻoyat xunuk ish boʻlibdi,— dedi domla gʻamginlik bilan. Mushtum
BAY-BAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАЙ-БАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bay-bay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar