motam
bilan ulashing
1. Yaqin yoki moʻtabar kishining oʻlimi tufayli yuzaga kelgan qaygʻuli holat; azadorlik va shu munosabat bilan bogʻliq boʻlgan maʼraka, taʼziya, rasm-rusmlar (qora kiyish, bayram qilmaslik va shu kabilar).
-
Motam bayrogʻi. Motam libosi. Motam majlisi. Motam marshi,
-
Akasining dardi bilan toʻlgan qalbi uchun, yaqindagina oʻlgan onasining motami oʻz keskinligini bir daraja yoʻqotgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Hamza oʻldirilgan. Shohimardonda motam edi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Muzaffar zotlarga motam nojoiz, Ularning haqqidir faqat iftixor. A. Oripov
2. koʻchma Qattiq tashvish, qaygʻu-alamli holat.
-
Qaynataning Gulnorga ushanish niyati ular uchun katta motam boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar
motam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Motam tutmoq
-
Uning nazarida, butun Hirot qora ridoga oʻralib, motam tutayotganday. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Sen ketganga motam tutib, yigʻlashadi butun shahar. Bahrom va Gulandom
MOTAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОТАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
motam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar