mot
bilan ulashing
Shaxmat oʻyinida shohning raqib donasi hujumidan himoya topolmay qolgan yutqiziq holati.
-
[Munajjim: dona surib] Kisht! Mot! Uygʻun va I. Sulton, Alisher Navoiy
mot soʻzi qatnashgan jumlalar:
Mot boʻlmoq
-
Isfandiyor raqibidan mot boʻlgan shatranjchidek oʻsal boʻlib oʻtirdi. S. Siyoyev, Avaz
-
taxmini tasodifan toʻgʻri chiqib qolsa, unda Mahmudning oʻzi mot boʻladi-ku. M. Osim, Karvon yoʻllarida
Mot qilmoq
-
Laganbardor xodim yangi shaxmatchi boshlikni ikki yurishda mot qildi. Gazetadan
-
Lekin koʻp vaqt doʻkondor oshnasini bir gap bilan mot qilib qoʻyganini koʻpirtirib maqtanadi. Mirmuhsin, Umid
Motga tutmoq
-
Shoshmang, Musa aka, bu gapni aʼzolar oʻrtasiga tashlab olaylik, koni, umumiy majlis nima deydi, — Nizomiddinov Musani motga tutmoqchi boʻldi. S. Ahmad, Hukm.
MOT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
МОТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
mot so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar