qirra
bilan ulashing
1. Narsalarning ensiz yoki oʻtkir qirgʻogʻi; chet, zih, qir.
-
Kitobning qirrasi. Taxtaning qirrasi. Kaftning qirrasi.
-
Bolalar hali togʻning ajoyibotlarini koʻrib toʻymagan, charchoq unutilgan. Baʼzilarining qirra toshlar tilgan oyoqlaridagi ogʻriq bilinmay qolgan edi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
2. koʻchma Narsalarning mohiyatini belgilovchi xususiyat, tomon.
-
Sen muhabbat bogʻlagan erkak senga oʻzining yaltiroq qirralarini koʻrsatadi. A. Qahhor, Sarob
-
Xuddi shu oʻrinda masalaning yana bir muhim qirrasini izohlash kerakka oʻxshaydi. Gazetadan
-
Kechagina oddiy koʻringan narsalar bugun negadir boshqa fazilati, boshqacha bir qirrasi bilan namoyon boʻlar edi. N. Fozilov, Diydor
3. mat. Geometrik jismni oʻrovchi ikki tekislikning kesishuv chizigʻi; qovurgʻa.
-
Piramidaning qirrasi.
-
Agar prizmaning yon qirralari uning asoslaridan biriga perpendikulyar boʻlsa, bunday prizma toʻgʻri prizma deb ataladi. Chizmachilik
qirra soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qirra burun
-
Ular qatorida norgʻil, qirra burun, qoramagʻiz yigit — Hafiz ham bor. Mirmuhsin, Poʻlat quyuvchilar
QIRRA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚИРРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qirra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan QIRRA so‘ziga berilgan ma’nolar
qirra so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar