temir
bilan ulashing
1. Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element, bolgʻalanganda yassilanadigan, istalgan shaklga kiradigan, uglerod bilan qoʻshilganda, poʻlat va choʻyan hosil qiladigan qoramtir kumush rangli ogʻir metall.
-
Sof temir.
-
Magnit ham temirni domiga tortadi, kesakni torta olmaydi. P. Qodirov, Uch ildiz
-
Uning [Qoratoyning] oʻn uch yashar oʻgʻli dam bosib, kichik bolgʻa bilan temirni urib, dadasiga yordamlashardi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. so‘zlashuv tili Umuman, temir, poʻlat va shu kabilar va ulardan yasalgan buyum-narsalar.
-
Temir qoshiq. Temir koʻprik. Temir panjara. Temir oʻchoq. Temir darvoza.
-
Yigit uzoqda haybatli temir uyumlari singari agʻnab yotgan pachoq parovozlarga tikildi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Samolyotning kichkinagina zinapoyasiga bir oyogʻimni qoʻyib, eshigidan ushlagan edim, qoʻllarim temirga chip etib yopishib qolsa boʻladimi! N. Fozilov, Diydor
temir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Temir daftar
-
Bularning hammasi uning boʻynida qarz boʻlib yotardi. Bulardan tashqari, otasining dafn xarajatlari ham temir daftarda yozigʻliq edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Temirni qizigʻida bosmoq
-
Temirni qizigʻida bos degan maqolga amal qilib, unga madh-sano oʻqishga boshladi. Oybek, Navoiy
TEMIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕМИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
temir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar