telpak
bilan ulashing
1. Tepasi yumaloq, doira shaklli, tekis moʻyna jiyakli issiq bosh kiyimi.
-
Savsar telpak.
-
Kimki, oyogʻi tolib, sal orqada qolsa, tulki telpak kiygan badqovoq qoʻrboshi beshotar qoʻndogʻi bilan uning kuragiga turtib, peshtaham soʻzlar bilan soʻkadi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. so‘zlashuv tili Moʻynali har qanday issiq bosh kiyimi (quloqchin, papax, tumoq va shu kabilar).
-
Men Rahimovni oddiy kishilar, soldatlar orasida uchratdim, uning ustida poʻstini va boshida qorakoʻl telpagi bor edi. A. Rahmat, Generalning shuhrati
-
Oʻrta boʻyli, ozgʻin, qora charm telpakni boshiga bostirib kiygan kishini uchratsam, Gavharning dadasimikan, deb yuragim oʻynab ketadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
-
Usubalining serbar telpak ostidagi kallasi barra poʻstin ichiga kirib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
telpak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qunduzsiz telpak
-
Koʻsa, ozgʻin, keng guppi toʻn va qunduzsiz telpak kiygan bir kishi kirdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
TELPAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ТЕЛПАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
telpak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar